Loyihaning o‘ziga xos xususiyati Live — Work — Play formulasini hisobga olgan holda maydonlardan aralash foydalanishni, jumladan turar-joy binolarini, ofis, savdo va ko‘ngilochar loyihalarni, dam olish hamda sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, loyiha piyodalar yo‘laklari, yugurish yo‘llari, o‘yin maydonchalari hamda mashg‘ulotlar uchun maydonlarni o‘z ichiga oladi.
Mavzening markaziy elementi "Baxt" ko‘li bo‘lib, u yangi mahalla aholisiga salqinlik va toza havo baxsh etadi. Ko‘l atrofida aholi dam olishi va tabiat qo‘ynidan bahramand bo‘lishi uchun bog‘ barpo etiladi.
GEOMETRICA landshaft dizayn byurosi (Qozog‘iston).
Xollga kirishda sizni yashovchi aholi hamda ularning mehmonlari uchun mo‘ljallangan shinam kutish xonasi qarshi oladi. Bu yerda siz bemalol kuryer yoki taksi kutishingiz mumkin bo‘lgan, dekorativ o‘simliklar bilan o‘ralgan, qulay divan va kreslolarni topasiz.
STUDIO 40 arxitektura byurosi (Qozog‘iston)
Avgust
Iyul
Iyun
May
Aprel
Mart
Fevral